Prezident tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida O‘zbekiston mahsulotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina uzum eksportidan 500 mln dollar olish mumkin.
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning aytishicha, 2022 yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Biroq shunday og‘ir yilda ham barcha tarmoqlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht, 3,5 mln tonna paxta olishga erishildi, dedi u.
O‘zbekiston 7 oyda 550 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi, eng ko‘p mahsulot Qozog‘iston va Rossiyaga yetkazib berilgan. Qolaversa, yil boshidan beri Farg‘ona (165,8 ming tonna), Samarqand (106,1 ming tonna) va Toshkent viloyati (101,9 ming tonna) eksport borasida yetakchilikni saqlab qolmoqda.
Yanvar-may oylarida qiymati 335 mln dollarlik 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan qaraganda 44 ming tonnaga ko‘p demakdir. O‘z navbatida, ichki bozorda sabzavotlar narxi oshdi.
Yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Eksport qilish bo‘yicha hududlar kesimida Toshkent, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting